Huawei 1
O‘zbekiston U-23 iyun oyida Fransiya Olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi iyun oyidagi FIFA kunlarida Fransiya olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bu haqida O‘zbekiston futbol assotsatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston U-23—Fransiya U-23 jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 4-iyun kuni “Orleans” stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Foto: O‘FA

FIFA kunlarida o‘tadigan bahs 2028-yilda Los Anjelesda o‘tadigan yozgi olimpiada o‘yinlari saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41823 | Инструменты