Huawei 1
18-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Toshkent shahrida elektromobil yonib ketdi

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Harvard Growth Lab: 5 yil ichida O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi

Garvard universitetining O‘sish laboratoriyasi Iqtisodiy murakkablik indeksi (ECI) natijalarini eʼlon qildi. Ushbu indeks asosida mamlakatlarning texnologik murakkablik va eksport xilma-xilligi bo‘yicha reytingi tuzilgan.

DXX: Sirdaryo, Toshkent, Xorazm, Andijon va Farg‘onada yer maydonlari bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tadbirkorlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi

“Valyutani tartibga solish to'g'risida”gi qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, rezidentlar o'rtasidagi valyuta operatsiyalariga mijozning (kreditorning) kontragenti norezident bo'lgan taqdirda, kredit tashkilotlari tomonidan pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash operatsiyalari amalga oshirilayotganda yo'l qo'yilishi belgilandi.

O'zbekistonning 8 ta hududida sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin

19–22-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli, respublikaning bir qator tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Bozorlarda yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlar aniqlanmoqda

Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan “Yunusobod”, “Aviasozlar” “Sergeli” va “Navro‘z” dehqon bozorlarida olib borilgan o‘rganishlarida savdo rastalarida yaroqlilik muddati o‘tgan, yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan mahsulotlar ham sotilayotganligi aniqlandi.

Surxondaryoda 400 dollar pora bilan ushlangan maktab direktori 4 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida pora bilan ushlangan 5-maktab direktoriga hukm o‘qildi.

Shavkat Mirziyoyev dunyodagi iqtisodiy va savdo cheklovlarining O‘zbekistonga ta’siri haqida gapirdi

“Uch-to‘rt kun ichida xalqaro moliya bozorlari 10 trillion dollar yo‘qotgani biz uchun qattiq “signal” bo‘lishi kerak", deydi prezident.

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga to‘siq bo‘layotgan rahbarlarga qattiq chora ko‘rilishini aytdi

“Takror va takror aytaman – “hozirgi dunyodagi vaziyat bizga taʼsir qilmaydi” deganlar juda katta xato qiladi. Bunday sharoitda faqat o‘z kuchimiz va ichki imkoniyatlarimizga tayanib, dadil-dadil qadam tashlashimiz kerak”, - dedi davlat rahbari.

Prezident sertifikatlashtirish tizimidagi ayrim muammolarni sanab, ularning yechimlarini aytdi

Standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimidagi eskirgan talablar va byurokratiya tadbirkorlarning “qo‘lini bog‘layotgani”, sohada korrupsiyani keltirib chiqarayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

1-iyuldan birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi e’lon qilindi

Faqat 86 ta tovar guruhiga kirgan xomashyo va ijtimoiy ahamiyati yuqori mahsulotlarga nisbatan eksport bojlari joriy qilinadi.

Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi

Urganch xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha tenderning barcha bosqichlari yakunlandi. Tanlov natijasida Incheon International Airport Corporation (Janubiy Koreya) g‘olib deb topildi.

Shakarga aksiz to‘lovi bekor qilinadi. Quruq sut importiga qo‘yilgan cheklovlar ham olib tashlanadi

Buning hisobiga qariyb 40 ming odam ishlaydigan 5,5 ming qandolat va salqin ichimlik ishlab chiqaruvchi korxonalarning yillik aylanmasi kamida 50 trillion so‘mga yetadi.

Xavf darajasi yuqori bo‘lgan 7 ta tovar guruhidagi mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinadi

Prezident mutasaddilarga “Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishni topshirdi. “Bir so‘z bilan aytganda, biz mahsulotlarning bozorga kirishini yengillashtirib, uni realizatsiyasidagi nazoratni kuchaytiramiz. Bu xalqaro amaliyotda o‘zini oqlagan”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Nodirjon Turg‘unov O‘zbekistonning Bahrayndagi birinchi elchisi bo‘ldi

O‘zbekistonning Bahraynga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Nodirjon Turg‘unov ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri Abdulatif bin Roshid az-Zayaniyga ishonch yorliqlari nusxalarini onlayn tarzda topshirdi.

Soliq va bojxona sohalaridagi kamchiliklar bu tizimlarda navbatdagi islohotlarni talab qilayotgani qayd etildi

Mutasaddilarga malakali ekspertlar, olimlar va tadbirkorlar jamoatchilik kengashini jalb qilib, soliq-bojxona siyosati va ma’murchiligini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha asosli takliflarni kiritish topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50923 | Инструменты