Huawei 1
Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida memorandum imzoladi

Ukraina va Qo‘shma Shtatlar iqtisodiy hamkorlik shartnomasini tuzish niyatida memorandum imzoladi. Bu haqda Ukraina iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko ma’lum qildi.

«Biz Ukrainani qayta tiklash uchun investitsiya jamg‘armasini yaratishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Bitim muhim sarmoya kiritish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va Ukraina va AQSh o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun imkoniyatlar ochadi — aynan shu maqsadda jamoalar hujjat ustida ishlamoqda», dedi u.

Sviridenko so‘zlariga ko‘ra, shartnomaning yakuniy matnini kelishish va imzolash qolgan, shundan so‘ng hujjat ratifikatsiya qilish uchun har ikki davlat parlamentlariga yuboriladi.

Prezident Donald Tramp ma’muriyati Ukrainadan urush paytida ko‘rsatilgan yordamni qoplashni talab qilmoqda. Vashington talab qilayotgan kelishuv Qo‘shma Shtatlar Ukrainaning bo‘lajak sarmoyaviy loyihalaridan, jumladan, foydali qazilmalaridan tushadigan foydaning bir qismini olishini ko‘zda tutadi.

Aprel oyi boshida Reuters manbasi AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasidan Ukraina orqali o‘tuvchi «Gazprom» quvuri ustidan nazoratni qo‘lga kiritishni talab qilayotgani haqida xabar bergan edi. Muzokaralar davomida AQSh mablag‘larni qaytarish bo‘yicha o‘z talablarini 300 milliard dollardan 100 milliard dollarga tushirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50923 | Инструменты