Osiyo Kubogi finalida Qatar va Iordaniya terma jamoalari to‘qnash keladigan bo‘ldi

7-fevral kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining yarim finalida Eron va Qatar terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuv musobaqa mezbonlari Qatarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Qatar safida Jassem Abdulsalom, Akrom Afif va Alomez Alilar gol urgan bo‘lsa, eronliklar tarkibida Sardor Azmun va Alirizo Jahonbaxsh o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa Osiyo Kubogi finalida Qatar va Iordaniya terma jamoalari to‘qnash keladigan bo‘ldi. Ular o‘rtasidagi final bahsi 10-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Osiyo Kubogi

Yarim final

7-fevral, chorshanba

Eron — Qatar 2:3

Gollar: 1:0 – 4 Azmun, 1:1 – 17 Gaber, 1:2 – 43 Afif, 2:2 – 51 Jahonbaxsh (penalti), 2:3 – 82 Ali.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты