Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo Kubogi chorak final o‘yinlari oldidan guruh bosqichidagi eng chiroyli gollar e’lon qilindi.
Eng chiroyli gollari orasida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi futbolchisi Alibek Davronovning Kuvayt darvozasiga urgan goli ham bor.
Shuningdek, ushbu e’tirof uchun Ahmed ar-Ravi (Qatar), Ayman Yahyo (Saudiya Arabistoni), Abdulloh al-Yazidi (Qatar), Ruslan Hayloyev (Tojikiston), Nguyen Van Tung (Vyetnam), Khuat Van Khang (Vyetnam) va Vitan Suleyman (Indoneziya) kabi futbolchi nomi kiritilgan.
Eng yaxshi gol muallifini aniqlash uchun bu yerga bosib, ovoz berish mumkin.