Huawei 2
Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston Vetnamni yirik hisobda mag‘lub etib, chorakfinalga peshqadam sifatida yo‘l oldi

Qatarda davom etayotgan Osiyo kubogi U23 guruh bosqich bahslariga yakun yasaldi. O‘zbekiston olimpiya jamoasi 3 o‘yinda 3 g‘alabaga erishib, +10 to‘plar nisbati bilan pley-offga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi. Temur Kapadze shogirdlari 1/4 finalda Osiyoning amaldagi chempioni Saudiya Arabistoniga qarshi saf tortadi.

Dohadagi «Khalifa International» stadionida o‘tgan 3-tur o‘yinigacha O‘zbekiston va Vetnam 6 ochkodan jamg‘arib, keyingi bosqich masalasini muddatdan avval hal qilgan bo‘lsa-da, bu peshqadam va 2-o‘rin sohibini aniqlab berishi kerak edi. Guruh g‘olibini Saudiya Arabistoni kutayotgan bo‘lsa, 2-o‘rindagi jamoani esa Iroq kutayotgan edi.
Vetnamga qarshi uchrashuv oldidan olimpiya jamoamizning yetakchilari Abbosbek Fayzullayev va Abduqodir Husanov klubi safidan Qatarga yetib kelishdi. Kapadze Husanovni asosiy tarkibga tushirgan bo‘lsa, Fayzullayevni zaxiradan maydonga tushirishga qaror qildi.

Shunga qaramay, Kapadze shogirdlari Alisher Odilovning dubli va Ruslanbek Jiyanovning goli evaziga birinchi bo‘limdayoq o‘yin taqdirini hal qilishdi – 3:0. Ikkinchi bo‘lim esa chorakfinal uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston guruh bosqichida 10ta gol urib, to‘p o‘tkazmay, D guruhi g‘olibi sifatida 1-o‘rinni egalladi va C guruhida 2-o‘rinni egallagan Saudiya Arabistoniga qarshi 26 aprel kuni chorakfinalda o‘ynaydigan bo‘ldi. Vetnam esa shu kuni C guruhi g‘olibi Iroq bilan yarimfinal yo‘llanmasi uchun kurashadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga