Huawei 1
Osiyo Olimpiya kengashining amaldagi rahbari Raja Randxir Singx Toshkentga tashrif buyurdi

6-may kuni poytaxtimizda Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi va O‘zbekiston MOQ tashkil etilganining 30 yillik bayram dasturi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirlarning faxriy mehmoni, OOKning amaldagi rahbari Raja Randxir Singx Toshkentga yetib keldi.

Ushbu mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, O‘zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov va Qo‘mita raisi o‘rinbosari Azizjon Kamilov kutib olishdi.

Qayd etish joiz, OOK Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi birinchi bor Toshkentda tashkil etilmoqda. Unda Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari, Shantou-2021 III yoshlar Osiyo o‘yinlarining tashkiliy masalalari yuzasidan muhokamalar o‘tkaziladi. Shuningdek, yig‘ilish kun tartibidan “Toshkent-2025” IV yoshlar Osiyo o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlikning taqdimot loyihasi o‘rin olgan. Qit’a sportiga oid muhim masalalar muhokama qilinadigan tadbirda 30 ga yaqin mamlakat vakillari qatnashadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60407 | Инструменты