Oston Urunov "Ufa"ga qaytishi mumkin
Moskvaning "Spartak" klubi yarim himoyachisi, hamyurtimiz Oston Urunov mavsumning ikkinchi yarmini boshqa jamoada o'tkazishi mumkin. 19 yoshli yarim himoyachiga uning sobiq klubi "Ufa" da'vogarlik qilmoqda.
- Urunovni "Ufa"ga qaytarish yaxshi variant bo'lar edi. Klub qishda ijaraga olish yoki sotib olish variantini ko'rib chiqmoqchi. "Ufa" jamoasida u o'yin amaliyotiga ega bo‘ladi, yetakchi bo'lar edi. Urunov klub talablarini biladi, u uchun hamma narsa tanish, - dedi ismini oshkor qilmagan manba.
Eslatib o'tamiz, Urunov besh yillik shartnoma imzolagan holda "Spartak"ga "Ufa"dan avgust oyida ko'chib o'tgan edi.
Joriy mavsumda Oston Rossiya chempionatida "qizil-oqlar" uchun yetti uchrashuv o'tkazdi, ammo gol kiritmadi. Faqatgina Kubok uchrashuvida 1ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Oldinroq "Spartak" bosh direktori Shamil Gazizov "Rubin" Urunovga so'rov yuborganini tasdiqlagan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62308 | Инструменты