Eronning bosh diplomati Abbos Aroqchi bugun, 22 iyun kuni Moskvaga uchib ketishini, ertaga, 23 iyun ertalab esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.
Bu haqda Istanbulda, Islom Hamkorlik Tashkiloti sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Aroqchining o‘zi maʼlum qildi.
«Men bugun tushdan keyin Moskvaga boraman va ertaga Rossiya prezidenti bilan jiddiy maslahatlashuvlar o‘tkazaman.
Rossiya – Eronning do‘sti. Biz har doim bir-birimiz bilan maslahatlashamiz va pozitsiyalarimizni muvofiqlashtiramiz,» dedi u.
Aroqchining taʼkidlashicha, Eron AQSH bilan olib borilayotgan yadroviy dastur bo‘yicha so‘nggi muzokaralar haqida Moskvani muntazam ravishda xabardor qilib turgan.
Bu tashrif AQSH tomonidan Erondagi yadroviy inshootlarga uyushtirilgan havo zarbalari ortidan, keskinlik kuchaygan bir vaqtda amalga oshmoqda. Aroqchi Eron va Rossiya o‘z diplomatik strategiyalarini muvofiqlashtirishga intilayotganini alohida taʼkidladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62223 | Инструменты