O'zbekiston futbol assotsiyatsiyasi va OFK rahbariyati uchrashuv oʻtkazdi

Bugun Milliy futbol markazida OʻFA prezidenti Bahodir Qurbonov, Sport vaziri Adham Ikramov, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov va OFK delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda OFK hamda OʻFA oʻrtasidagi oʻzaro ishonchga asoslangan keng qamrovli hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa Oʻzbekiston OFKning eng yaqin hamkorlaridan biri ekanligi, yurtimiz yoshlar va ayollar oʻrtasidagi qit’a musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazganini e’tirof etib, keyingi yili Oʻzbekiston va Ozarbayjonda boʻlib oʻtadigan FIFA U-20 Jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etilishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni keng qamrovda davom ettirishga kelishib olishdi. OFK prezidenti, shuningdek, Milliy futbol markazida joylashgan raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar va joriy etilgan tizimlar bilan tanishadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101816 | Инструменты