Futbol bo‘yicha Elit Osiyo chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi javob uchrashuvida Toshkentning “Paxtakor” klubi Ar-Riyodda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Ushbu uchrashuvda Pedro Moreyra boshchiligidagi “Paxtakor” raqiblariga yirik 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
“Al-Hilol” jamoasidan kiritilgan gollarga Hamad al-Yami, Malkom va Nosir al-Davsari (2 ta) mualliflik qilishdi.
Shu tariqa “Paxtakor” Elit Osiyo chempionlar ligasidagi yurishini nimchorak final bosqichida to‘xtatdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31216 | Инструменты