Huawei 1
“Penaltini urolmaganimdan jahlim chiqdi, lekin aynan mening xatoyimdan keyin jamoa yaxshilandi”, — Messi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2022 doirasidagi Argentina – Polsha (2:0) bahsidan keyin oʻz fikrlarini bildirdi.

“Penaltini urolmaganimdan jahlim chiqdi, ammo mening xatoyimdan keyin jamoa kuchliroq oʻynadi. Hisob ochilgandan keyin oʻyin oʻzgarishini bilardik.

Avstraliyaga qarshi bahs qiyin kechadi. Har qanday jamoa istalgan raqibni magʻlub etishi mumkin, imkoniyatlar teng. Oʻyinga imkon qadar yaxshi tayyorgarlik koʻrishimiz kerak — har doimgidek.

Xotirjam boʻlishimiz va oʻyindan oʻyinga oʻtishimiz kerak. Endi yangi Jahon chempionati boshlanadi. Umid qilamanki, bugun koʻrsatganlarimizni davom ettiramiz”, — deydi argentinaliklar sardori.

Eslatib o‘tamiz, Argentina nimchorak finalda 3-dekabr kuni Avstraliya bilan oʻynaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51314 | Инструменты