Buxoroda qariyb 17 gektar yerni sotishga uringan fermer ushlandi

Buxoro viloyatida fermer xo‘jaligi balansidagi 16,9 gektar yerni 56 ming dollarga sotishga uringan fermer xo‘jaligi rahbari qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, fermer xo‘jaligi rahbari bir guruh fuqarolarni aldab, Buxoro tumanining Talalyon mahallasi hududidagi faoliyat ko‘rsatuvchi fermer xo‘jaligining balansida bo‘lgan, tuman hokimining 2017 yildagi qarori bilan chorvachilik yo‘nalishida fermer xo‘jaligini tashkil qilish uchun 49 yillik ijara shartnoma asosida berilgan jami 16,9 gektar yer maydonini sotishini aytib, ushbu yerni notarius orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan va 56 ming dollar talab qilgan. 

Joriy yilning 9 aprel kuni viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxs talab qilingan pullardan 16 ming dollarini olayotgan vaqtda ushlangan. 

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты