Huawei 1
PSJ Neymar o'rniga kimni sotib olmoqchi ekanligi ma'lum bo'ldi

Fransiyaning PSJ klubi braziliyalik hujumchi Neymarni sotib yuborish borasida bir qancha ishlarga qo'l urgani haqida tez-tez yangiliklar ko'zga tashlanib turibdi.

Mahalliy nashrlarning shu paytga qadar bergan ma'lumotlariga ko'ra, Parij klubining yangi maslahatchisi Neymarni jamoada qolishini xohlamagan va uning ketishini xohlaydi. Shuningdek, unga “Chelsi”dan jiddiy qiziqish bo'lgan va bunda Tuxelning roli katta. Bundan tashqari, parijliklar uning xizmatlarini “Barselona”ga ham taklif qilishga ulgurgan.

Eng so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, fransuz grandi vakillari Neymarning otasiga uning jamoadan ketishini aytgani ma'lum bo'lmoqda. Unga ko'ra, klub Neymar o'rniga “Barselona”ni tark etishi kutilayotgan Usmon Dembeleni sotib olish variantini ma'qul ko'rmoqda. Klub mutasaddilari Usmonning o'yini PSJga mos tushadi deb hisoblamoqda.

Hozircha, tomonlar muzokaraga kirishgani yo'q, biroq Neymar jamoani tark etadigan taqdirda PSJ jiddiy ishga kirishishi aniq.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60904 | Инструменты