PSJ Ramos bilan yangi shartnoma imzolash uchun unga bir shart qo‘ydi
Fransiyaning PSJ klubi himoyachisi Serxio Ramos Parin jamoasi safinj tark etishi mumkin.
Ispaniyalik futbolchining kelishuvi shu yozda tugaydi, biroq futbolchiga hali yangi shartnoma taklif qilinmagan.
“L'E Parisien” nashrining xabar berishicha, PSJ rahbariyati Ramosning oʻyinidan mamnun, biroq shu bilan birga unga o‘ziga xos shart qo‘yishgan. Klub mavsumni biror-bir sovrin bilan yakunlashi, bunda Ramosning ham hissasi bo‘lishi lozim, shular bajarilgan taqdirda parijliklar u bilan shartnomani uzaytirishadi. Himoyachining yangi bitimi uning mavsum soʻnggi bosqichidagi oʻyiniga bogʻliq boʻladi.
Ma'lumot uchun, PSJ hozirda 2 ta turnirda yurishini davom ettirmoqda. Fransiya Kubogidagi “Marsel”ga qarshi mag‘lubiyat tufayli jamoa bu turnirdan chiqib ketgan. Ertaga parijliklar YChL nimchorak finalida “Bavariya”ga qarshi bahs olib boradi. Jamoa hozirda Liga-1'da peshqadam bo‘lib turibdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50905 | Инструменты