Huawei 1
Qatar 2022-yilgi Jahon chempionati uchun qancha mablag' sarflagani ma'lum bo'ldi

Qatar joriy yilning noyabr-dekabr oylarida bo'lib o'tadigan 2022-yilgi Jahon chempionati uchun taxminan 208 mlrd yevro sarfladi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

Ta'kidlashicha, Jahon chempionatini tashkillashtirish uchun qariyb 208 mlrd yevro sarflagan Qatar bu borada Mundiallar tarixida mutlaq rekord o'rnatgan. Shuningdek, Qatar 2018-yili Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan Rossiyaga qaraganda 17 barobar ko'proq mablag' sarflagan. Ruslar ushbu musobaqani o'tkazish uchun 13 mlrd yevro sarflashgan edi.

Bundan tashqari, 2014-yilgi Jahon chempionatiga mezbon bo'lgan Braziliya musobaqa uchun umumiy 17 mlrd yevro, 2010-yilgi Mundial mezboni Janubiy Afrika Respublikasi esa 4 mlrd yevro miqdorida sarmoya kiritgan.

“Bu Qatarning 2030-yilgacha bo'lgan milliy taraqqiyot strategiyasi. Biz ushbu Jahon chempionati orqali mamlakatimizda turizm, shaharlar va sanoat rivojlanishini jadallashtirish, ta'lim hamda sog'liqni saqlash tizimlarida keng ko'lamli islohotlar o'tkazmoqchimiz. Mundial bu yo'lda strategiyamizning bir qismi”, — deydi turnir bilan aloqalar bo'yicha direktor Fatma al-Nuaymi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63010 | Инструменты