Huawei 1
Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yigit-qizlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi

Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yigit-qizlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.

Abdiganiyeva Nadira Abdinazar qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 1-bosqich magistranti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Ismoilov Jamshidbek Rashid o‘g‘li - To‘rtko‘l tumanidagi «Navoiy» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Ibroximova Rayyona Nodirbek qizi - Andijon shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi, Andijon viloyati

Rejavaliyev Jamshidbek Jasurbek o‘g‘li - Andijon shahridagi «Wester Group RJ» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati

Dehqonova Ruxshona Shuxrat qizi - Buxoro davlat pedagogika institutining 1-bosqich talabasi, Buxoro viloyati

Tuksanov Parviz Abduraximovich - Buxoro shahridagi «Phoenix Academy» o‘quv markazining SAT imtihoni bo‘yicha tayyorlovchi-mutaxassisi, Buxoro viloyati

Adilova Farzona Alisher qizi - Jizzax shahri yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i, Jizzax viloyati

Turdiboyev Akbar Ikrom o‘g‘li - Do‘stlik tumanidagi «Wegroww Tech» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Jizzax viloyati

Jalilov Abdikarimbek Abdixalil o‘g‘li - «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» mas’uliyati cheklangan jamiyatining loyihalar ofisi guruhi mutaxassisi, Qashqadaryo viloyati

Xodiyeva Sitora Shoxabbos qizi - Qarshi davlat texnika universitetining tayanch doktoranti, Qashqadaryo viloyati

Aslonov Abror Burxonovich - «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining ammiak ishlab chiqarish sexi smena katta ustasi, Navoiy viloyati

Maksyutova Alina Xurshidovna - Navoiy shahridagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi, Navoiy viloyati

Axmadaliyeva Niholaxon Foziljon qizi - Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Mamadaliyev Zaxiriddin Sayfiddin o‘g‘li - Namangan shahridagi «Nightmare Labs» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati

Qudratov Shoxrux Odil o‘g‘li - Samarqand shahridagi «Polyglot school» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati

Salimova Maxbuba Xidirbay qizi - Samarqand davlat universitetining 1-bosqich magistranti, Samarqand viloyati

Abdualimov Alisher Samandar o‘g‘li - Sirdaryo tumanidagi «Sir uni xizmati» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati

Jo‘raboyeva Ziyoda Olimjon qizi - Guliston tumanidagi «Ozodbek tuhfasi» fermer xo‘jaligi mexanizatori, Sirdaryo viloyati

Ismatov Shahzod Baxtiyor o‘g‘li - Termiz shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Xakimjonova Sitoraxon Abduqaxor qizi - Sariosiyo tumanidagi «Sitora Profession» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati

Mamatqulov Qahramon O‘ktam o‘g‘li - Bekobod shahridagi «Ibrat xos obod» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Sadikova Feruza Ravshanbek qizi - Toshkent viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining taekvondo bo‘yicha murabbiysi

Maxmudov Saidaxmadxon Saidaxrorxon o‘g‘li - Marg‘ilon shahridagi «Textile Group and Gold» xususiy korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati

Nabiyeva Sabina Sherzod qizi - Amerika Qo‘shma Shtatlarining Arizona universiteti 3-bosqich talabasi, Farg‘ona viloyati

Ochilova Maftuna Omonjon qizi - Urganch shahridagi «Nurli hayot» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Xorazm viloyati

Yusupov Dilshodbek Ulug‘bekovich - Urganch shahridagi «Diip logistech» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Xorazm viloyati

Quryozova Shohsanam Ozodboy qizi - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 2-bosqich talabasi, Toshkent shahri

Xalikov Sherzod Yakubjanovich - Yashnobod tumanidagi 30-Mehribonlik uyi tarbiyachisi, Toshkent shahri

Abdixolikov Bobir Alisher o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Bo‘tayeva Gulasal Toshqul qizi - Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining 2-bosqich talabasi

G‘oyibova Orzugul Umarovna - «Ibrat farzandlari» nodavlat notijorat tashkiloti eksperti, «TOP-100 Uni» loyihasi rahbari

Isroilova Aziza Ilhom qizi - «EPAM Systems» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ma’lumot tahlilchisi, dasturchi

Kambarov Asror Avazovich - «Uzbekistan airways» aksiyadorlik jamiyatining Parvoz xizmati departamenti «A-320» havo kemasi uchuvchisi

Muxtorov Sardorbek Nuroli o‘g‘li - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘zbekiston» lokomotiv deposi «Afrosiyob» yuqori tezyurar elektropoyezdi mashinisti

Sabirov Nariman Ruslanovich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining endoskopiya bo‘limi shifokor-endoskopisti

Saipova Fotima Dilshod qizi - Velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi

Toxirjonova Gulruxbegim Alisher qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62905 | Инструменты