Premyer-liga klublari bunga bir ovozdan rozilik bergan
Angliya Premyer-ligasi uchrashuvlari Rossiya hududida ortiq translyatsiya qilinmaydigan bo'ldi. Tashkilot rasmiy saytining ma'lum qilishicha, Premyer-liga klublari bir ovozdan Rossiya telekanallari va "Okko Sport" bilan shartnomani bekor qilishga va translyatsiyalarni zudlik bilan to'xtatishga kelishishgan.
Eslatib o'tamiz, Rossiyadagi joriy mavsum Premyer-liga o'yinlarining eksklyuziv translyatsiyasi “Okko Sport” tomonidan sotib olingan edi. 2022-23-yilgi mavsumdan boshlab Angliya ligasini translyatsiya qilish huquqi “Матч ТВ” kanaliga o'tadigan bo'ldi.
Avvalroq, Rossiyaning JCH-2022 yo'llanmasidan mahrum qilingani hamda bunga Polshaning munosabat bildirgani borasida xabarlar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62408 | Инструменты