Tunning siz o'tkazib yuborgan voqealarini bir sahifaga jamladik
* La Liga joriy mavsumida kamida 500 daqiqa to'p surgan futbolchilar orasida eng yuqori aniqlikda pas uzatayotgan futbolchilar Toni Kroos (94,98) hamda Frenki de Yong (90,87) bo'lib turibdi;
* Krishtianu Ronaldu so'nggi besh mavsum ichida jarimadan atigi bitta gol urdi. So'nggi jarima golini u 613 kun avval "Yuventus" safida urgan;
* Pochettino "Real"ga qarshi o'yin oldidan: "Mbappeda barchasi joyida, u jamoaga yordam berishni istaydi. To'liq mashg'ulotlarda u ishtirok etyapti. Messi – dunyoning eng yaxshi o'yinchisi, uning jamoamizda ekanligidan xursandman";
* Rasman: Rossiya terma jamoasi uchun JCH-2022 ga yo'llar yopildi. FIFA qarori bilan Polsha terma jamoasi mundialga o'tish o'yinlarining finaliga to'g'ridan-to'g'ri chiqadigan bo'ldi;
* "Liverpul" hujumchisi Sadyo Mane "Inter"ga qarshi bahsda YChL doirasidagi 50-o'yinida maydonga tushdi va buncha o'yin o'tkazgan ilk senegallikka aylandi;
* Robert Levandovski YChL tarixida o'yinning ilk daqiqasidan boshlab hisoblangandagi eng tez urilgan xet-trik muallifiga aylandi — 23 daqiqa!
* YChL 1/8 finali doirasida kechgan javob uchrashuvida "Liverpul" o'z uyida "Inter"ni qabul qildi va 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Umumiy 2:1 hisobida g'alaba qozongan mersisaydliklar chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi;
* Robert Levandovski 2021-22-yilgi mavsumda 40+ gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Hozirda uning hisobida 35 ta o'yinda 42 gol bor. Bundan 12 tasini u YChLda urgan;
* YChL 1/8 finali doirasida kechgan javob uchrashuvida "Bavariya" "Alyanz arena"da "Zalsburg"ni qabul qildi va 7:1 hisobida g'alaba qozondi. Gollarga Levandovski (xet-trik), Myuller (dubl), Sane hamda Gnabri mualliflik qildi. Umumiy 8:2 hisobida g'alaba qozongan myunxenliklar chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi;
* Levandovski tunda o'zining YChLdagi 5-xet-trigini urdi va 5+ xet-trik qayd etgan Ronaldu va Messidan keyingi 3-futbolchiga aylandi;
Alpha version: 0.9.1.19 build 62412 | Инструменты