Igor Sergeyev faoliyatini Toshkentning “Paxtakor” klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
“Uyga qaytishing muborak, Igor! “Paxtakor” o‘zining asosiy tarkibini saqlab qolgan holda, ikkinchi transferini e’lon qiladi”, deyiladi manba xabarida.
Ma’lumot o‘rnida, Sergeyev toshkentliklar safida 2011/2017, 2018/2021 yilgi mavsumlarda umumiy 180 ta o‘yinda maydonga tushib, 102 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Igor faoliyati davomida “Paxtakor”dan tashqari, “Beyjing Goan”, “Al-Zafra”, “Aktobe”, “Tobol” va “Patxum Yunayted” klublarida to‘p tepgan. Uning bundan oldingi jamoasi Tailand klubi hisoblanadi.
31 yoshli forvardning narxi “Transfermarkt” portalida 800 ming yevro etib belgilangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122704 | Инструменты