Huawei 1
Ravshan Ermatov OFK Hakamlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi

O‘zbekistonlik FIFA sobiq referisi, O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi vise-prezidenti Ravshan Ermatov yana bir lavozimga tayinlandi.

"Osiyo futbol konfederasiyasi Qo‘mitlariga vakolat muddati 2023-2027-yillarni tashkil etuvchi tayinlovlar amalga oshirildi.

Xususan, tashkilotning Hakamlar Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga OFK Ijroiya Qo‘mitasi vakili, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov nomzodi tasdiqlandi", - deyiladi O‘FA xabarida.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Bahrayn poytaxti Manamada o‘tgan OFK Kongressida Ravshan Ermatov Markaziy Osiyo mintaqasidan Ijroiya Qo‘mitasi vakili sifatida saylangandi. Bungacha Zokir Qurbonov (1998-2000), Baxtiyor Rahimov (2000-2011) va Sardor Rahmatullayev (2015-2019) O‘zbekistondan bu lavozimda faoliyat yuritgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11510 | Инструменты