Huawei 1
“Real Madrid” 8 ta gol urilgan finalda “Al-Hilol”ni yengib, yana dunyoda tengsiz ekanligini isbotladi

Futbol bo‘yicha Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida “Real” kecha, 11-fevral kuni “Al-Hilol”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Vinisius Junior hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Federiko Valverde madridliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 26-daqiqada esa Mussa Marega hisobni qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘limda “qaymoqranglilar” faollikni oshirdi va 54-daqiqada Karim Benzema ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 58-daqiqada Valverde dublni rasmiylashtirdi. 63-daqiqada Luisano Vietto “Al-Hilol”ning ikkinchi golini urdi. 69-daqiqada Vinisius ham dubl qayd etdi. 79-daqiqada Vietto navbatdagi gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa madridliklar 5:3 hisobida zafar quchib, klublar o‘rtasidagi Jahon chempioniga aylandi.

Klublar o‘rtasidagi JCH—2022 | Final
“Real” (Ispaniya) — “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni) 5:3
Gollar:
1:0 – 13 Vinisius, 2:0 – 18 Valverde, 2:1 – 26 Marega, 3:1 – 54 Benzema, 4:1 – 58 Valverde, 4:2 – 63 Vietto, 5:2 – 69 Vinisius, 5:3 – 79 Vietto.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 33012 | Инструменты