"Real"ga BMW'dan mashinalar berildi. Bellingem 180 ming yevroga eng qimmat modelni, Vinisius va Anchelotti 80 mingga, Tchuameni eng arzonini 57 ming yevroga tanladi
"Real Madrid" futbolchilari homiylik ostidagi BMW avtomobillarini olishdi. "Real Madrid" va BMW o'tgan yili hamkorlik shartnomasini imzolagan edi. Bungacha Audi 19 yil davomida klub homiysi bo'lgan.
Marca xabariga ko'ra, futbolchilar elektromobillarni ham, gibrid modellarni ham tanlashlari mumkin edi. Hammasi bo'lib, tanlash uchun 4 ta avtomobil modeli mavjud edi: i4, i7 iX va XM.
Eng arzon BMW i4 eDrive35, narxi 57,3 ming yevroni Aurelien Tchouameni tanladi. Taxminan 80 ming yevrolik BMW i4 M50 avtomobilini Eder Militao, Fran Garsiya, Eduardo Kamavinga, Lukas Vaskes, Vinisius Junior va bosh murabbiy Karlo Anchelotti oldi.
Narxi 180 ming yevrodan boshlanadigan eng qimmat BMW XM modelini “Real”ning 8 nafar futbolchisi – Tibo Kurtua, Kepa Arrizabalaga, Jud Bellingem, Dani Sebalos, Arda Guler, Xoselu va Rodrigo tanladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50912 | Инструменты