O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Falastinning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Vaill Ahmed Battrexi janoblarining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston–Falastin munosabatlarini ikki va ko‘p tomonlama formatlarda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar davlatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va konstruktiv muloqotni yanada mustahkamlashga kelishib oldi.
Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi elchini mamlakatdagi faoliyati davomida qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11512 | Инструменты