“Real Madrid”ning 2024-yildagi asosiy transfer maqsadi ma’lum bo'ldi
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi 2024-yilda “Bavariya” himoyachisi Alfonso Devis bilan shartnoma imzolamoqchi.
Taniqli “AS” nashri xabariga koʻra, Madrid klubi kanadalik futbolchini 2024-yil yozida oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Rahbariyat Devisni keyingi bir necha yil ichida himoyaning chap qanotini kuchaytirish uchun eng yaxshi variant deb hisoblaydi.
“Real” 22 yoshli futbolchining tezligi, kuchi, yuqori darajadagi tajribasiga ishonmoqda. Qolaversa, “qirollik klubi” vakillariga Devisning Kanada tarkibida JCH-2022’dagi oʻyini va yetakchilik fazilatlari yoqdi.
Ma’lumot uchun, Alfonsoning “Bavariya” bilan shartnomasi 2025-yilning yozida tugaydi, shuning uchun “Real” Toni Kroos va Eden Azar bilan boʻlgan yoʻldan borishni istaydi. Madridliklar Devisning shartnomasi tugashiga bir yil qolguncha kutish niyatida va bu holatda uning transfer narxi arzonroq boʻladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52722 | Инструменты