Huawei 1
“Real” Vinisiusga “Oltin to‘p” berilmagani ortida kim turganini aniqladi

2024 yilgi “Oltin to‘p” sovrini Ispaniya terma jamoasi va “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodriga nasib qildi.

Biroq ko‘pchilik nufuzli sovrin “Real” va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Juniorga tegishini kutgandi. So‘nggi pallada g‘olib o‘zgardi va sovrin ispan futbolchisiga taqdim qilindi.

“Real” bu holatdan hayratga tushgani aytilmoqda. Klub prezidenti Florentino Peres va boshqa mutasaddilari “Oltin to‘p” g‘olibini aniqlashga UEFA prezidenti Aleksander Cheferin ta’sir o‘tkazganini ta’kidlamoqda.

Bunga sabab sifatida Peres va “Real” rahbariyati Evropada yangi musobaqa – Superliga tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlayotgani keltirgan. UEFA o‘zining uchta xalqaro turniridan tashqari mintaqaviy boshqa turnir o‘tkazilishiga jiddiy qarshilik ko‘rsatyapti.

“Oltin to‘p” taqdimoti Parij shahridagi “Shatle” teatrida tashkil etildi. Unda “Real” vakillari ishtirok etmadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110604 | Инструменты