U o'zi uchun ideal deb hisoblagan tarkibini shakllantirdi
Ispaniyaning “Barselona” klubi afsonaviy futbolchisi va sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman kataloniyaliklar safida oʻynagan futbolchilar orasidan o'zi ideal deb hisoblagan tarkibini tuzib chiqdi. Tarkib quyidagicha tuzilgan:
Darvozabon: Andoni Subisarretta;
Himoyachilar: Dani Alvesh, Karles Puyol, Xavyer Maskerano, Jordi Alba;
Yarim himoyachilar: Yohan Neyeskens, Xavi, Andres Inyesta;
Hujumchilar: Lionel Messi, Yohan Kroyff, Xristo Stoichkov.
Eslatib oʻtamiz, Kuman futbolchi sifatida “Barsa” sharafini 1989-95-yillar davomida himoya qilgan va bu muddat ichida jamoada 10 ta sovrin qo'lga kiritgan. Murabbiy sifatida u 2020-yilda Niderlandiya postini tark etib, “ko'k-anorranglilar” safiga kelgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60904 | Инструменты