“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh joriy mavsum yakunida erkin agentga aylanadi. Hozircha u “Liverpul” bilan yangi shartnoma imzolagani yo‘q.
Ma’lumotlarga ko‘ra, misrlik futbolchi va mersisaydliklar o‘rtasidagi muzokara to‘xtab qolgan.
Diario Sport nashrining xabariga ko‘ra, 2024-yil oxirida Muhammad Saloh va “Barselona” rahbariyati o‘rtasida dastlabki muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Biroq bu kelishuv yakuniga yetmay qolgan. Kataloniya klubi rahbariyati Muhammadning o‘yin uslubi “Barselona”ga mos kelishini biladi, lekin uning maoshi transferni amalga oshishini qiyinlashtirishi mumkin.
“Barselona” rahbariyati Salohning Premyer ligadan ketish haqida o‘ylayapti deb taxmin qilmoqda. Agar futbolchi faoliyatini La Ligada davom ettirishni istasa, maoshini sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo‘lishi kerak. Aks holda, “Barselona” uchun uning transferini moliyaviy jihatdan amalga oshirishning imkoni bo‘lmaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31522 | Инструменты