"O'zbekiston ehtiromi": xorijliklar uchun ikkita yangi orden ta’sis etilishi kutilmoqda

O‘zbekiston bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va mamlakatning xalqaro nufuzini oshirishga hissa qo‘shgan xorijliklarni taqdirlash uchun ikkita yangi davlat mukofotini ta’sis etish taklif qilinmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 22 oktyabr kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi majlisida “O‘zbekiston ehtiromi” ordenlarini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonun dastlabki tarzda ko‘rib chiqilgan.

Qonun loyihasida ikki darajali davlat mukofoti – “Oliy darajali O‘zbekiston ehtiromi” va “O‘zbekiston ehtiromi” ordenlarini ta’sis etish nazarda tutilgan.

Ushbu ordenlar O‘zbekistonning xalqaro manfaatlarini ilgari surish, davlatlararo strategik hamkorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan xorijiy davlat va jamoat arboblari, siyosatchilar hamda chet el fuqarolariga berilishi mumkin.

Muhokama yakunida qo‘mita tomonidan tegishli qaror qabul qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102310 | Инструменты