Huawei 1
Saudiya Arabistoni 2034-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga 15 ta stadion tayyorlaydi

Saudiya Arabistoni 2034-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun 15 ta arena tayyorlamoqchi, ularning bir qismi noldan quriladi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, jahon chempionatiga beshta shahar – Ar-Riyod, Jidda, Al-Xobar, Abha va Neom mezbonlik qiladi. Musobaqa uchun maxsus bir nechta stadionlar quriladi, mavjudlarini esa Xalqaro futbol federatsiyasi talablariga javob beradigan tarzda modernizatsiya qilish va 40 ming o‘rinligacha kengaytirish rejalashtirilgan. Ochilish o'yini va final bir vaqtlar qurilgan 92 ming muxlisni sig'dira oladigan "Qirol Salmon" stadionida bo'lib o'tadi.

“Stadionlar barcha muxlislarga qulaylik yaratadigan eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlanadi”, — dedi Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi prezidenti Yosir Al-Mishal. 

Saudiya Arabistoni 2034-yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun ariza topshirgan yagona davlatdir. 2026-yilgi jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. 2030-yilgi jahon chempionatining asosiy mezbonlari Ispaniya, Portugaliya va Marokash bo'ladi, turnirning ochilish o'yini Urugvayda, keyingi ikki o'yin Argentina va Paragvayda bo'lib o'tadi. 2026-yildan boshlab jahon chempionatlarida 48 ta jamoa ishtirok etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91005 | Инструменты