Dunyoga mashhur “Sky Sports” nashri jurnalisti Sem Tige “Manchester Siti” xarid qilgan o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning o‘yin uslubini maqtadi va u uchun to‘langan mablag‘ unchalik katta emasligini aytdi.
“Husanov juda ajoyib futbolchi, yosh va tezkor. Yaʼni Kayl Uokerning aksi desak ham bo‘ladi. U bu mavsum qaysi o‘yinligi yodimda emas, lekin o‘z jarima maydonidan raqib jarima maydonchasigacha soatiga 37 km tezlikda yugurib yetib kelgan. Bu degani “jarima maydonidan jarima maydonigacha”da bemalol o‘ynay oladi. Bilasizmi, u fransiyalik yosh himoyachilarga o‘xshaydi. Juda ham agressiv, lekin bu agressiyani qoidalar doirasida va ishonch bilan ko‘rsatadi. Bu raqibni his qila olgan holda minimum follar bilan hujumni to‘xtatishning imkonini beradi. Husanov bir raqibdan ikkinchisiga o‘tib, haqiqiy xavf qayerda ekanligini o‘qiy oladi va bartaraf etadi. O‘ylashimcha, “Siti” dunning eng yaxshi yosh himoyachilaridan birini sotib oldi. U uchun to‘langan mablag‘ uncha katta emas. 33 million funt-sterling bu elita darajasiga chiqa oladigan himoyachi uchun katta pul emas”, deydi Tige.
Maʼlumot o‘rnida, 11 yanvarga o‘tar kechasi insayder Fabritsio Romano Abduqodir Husanovning “Manchester Siti” futbolchisiga aylanganini tasdiqlagan edi. O‘zbekistonlik himoyachini “Manchester Siti” “Lans”dan bonuslari bilan hisoblaganda 50 million yevoga sotib oldi. Tez orada klub futbolchini rasman ommaga tanishtiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11800 | Инструменты