Huawei 1
Shaxmat Olimpiadasida g‘olib chiqqan o‘zbekistonlik shaxmatchilar qancha pul mukofotiga ega chiqishi ma'lum bo'ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan shaxmatchi va murabbiylarga beriladigan bir martalik pul mukofoti miqdorlari e’lon qilindi. Bu haqda Shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev “Twitter”da ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Butunjahon shaxmat Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar BHMning 2 ming barobari (ayni vaqtda 600 million so‘m) miqdoridagi mukofotga ega bo‘ladi. Kumush medal sohiblari BHMning 300 barobari (300 million so‘m), bronza egalari esa BHMning 500 barobari (150 million so‘m) miqdoridagi pul mukofotini qo‘lga kiritadi.

Xalqaro grossmeyster unvonini qo‘lga kiritgan shaxmatchilarga BHMning 100 barobari (30 million so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofotini beriladi. Shuningdek, shaxmatchilarning murabbiylari ham natijalarga qarab pul mukofotiga ega bo‘ladi.

Quyidagi jadvalda pul mukofotlari qiymati bilan batafsil tanishish mumkin:

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Hindistonning Chennay shahrida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 6-turdan keyin 4-pog‘onani egallab turgan bo‘lsa, ayollar jamoasi 37-pog‘onadan joy olgan. Yosh tarkib borgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari bugun, 5-avgust kuni navbatdagi turda ishtirok etadi. Avvalroq, jamoalarimizning 6-turda qayd etgan natijalari haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10202 | Инструменты