Huawei 1
Janubiy Koreya Jeju samolyotining bitta qora qutisini shifrlashni yakunladi

Janubiy Koreya Transport va kommunikatsiyalar vazirligi Fuqarolik aviatsiyasi departamenti direktori Jo Chjon Van Jeju Air aviakompaniyasining halokatga uchragan Boeing 737-800 samolyotiga tegishli bitta qora qutisidan maʼlumotlarni olish ishlari yakunlanganini maʼlum qildi.

Mamlakat qutqaruv xizmati 29-dekabr kuni yuz bergan aviahalokat oqibatida 179 kishi halok bo‘lgani, ikki kishi omon qolganini ma’lum qildi.

“Uchuvchilar kabinasidagi muzokaralarning nutq registratoridan ma’lumotlarni olish yakunlandi. Bugun ularni audiofayllarga aylantirish bo‘yicha ishlar boshlandi”, dedi Chju Hun Vang brifingda. 

Ommaviy axborot vositalari Boeing 737-800 samolyotidan qora qutilar topilgani haqida 29-dekabr kuni tushdan keyin, aviahalokatdan bir necha soat o‘tib ma’lum qilgan.

“Parvoz ma’lumotlarini yozib olgan ikkinchi quti tashqi zararga uchragan, shu sababli mutaxassislarga u bilan ishlash uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Halokat Bangkokdan Muanga parvoz qilayotgan Jeju Air aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti belgilangan aeroportga qo‘nayotganda halokatga uchraganida yuz bergan. Samolyot bortida 181 kishi bo‘lgan. Ekipajning faqat ikki a’zosi omon qolgan, ulardan biri jiddiy jarohat olgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, beton to‘siq bilan to‘qnashgan va yonib ketgan. Ekspertlar qush bilan to‘qnashuv versiyasini ham ilgari surmoqda. Bu oldi shassining ishdan chiqishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin. Ekipaj qo‘nishdan oldin aeroport ustidan aylanib uchib, shikastlanishni ko‘z bilan baholashga harakat qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10418 | Инструменты