10 yanvarga o‘tar kechasi Ispaniya Superkubogining ikkinchi yarim finali doirasida Madridning “Real” klubi “Malorka” bilan bahs olib borib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va turnirning finaliga yo‘l oldi.
Saudiya Arabistonining Jidda shahri mezbonlik qilgan bahsda Madrid klubidan gollarga Jud Bellingem va Rodrigo mualliflik qildi. O‘yinning 90+2 daqiqasida “Malorka” sardori Martin Valent o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Endi “Real” musobaqa finalida azaliy raqibi “Barselona” bilan to‘qnash keladi. O‘yin 12 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 23:55 da boshlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12212 | Инструменты