Huawei 1
Tomas Myuller Germaniya va Angliyaning 3:3 hisobidagi durangi haqida: “Real” har doim bizning asosiy namunamiz”

Germaniya terma jamoasi hamda Myunxenning “Bavariya” klubi futbolchisi Tomas Myuller Millatlar Ligasi doirasidagi Angliyaga qarshi bahsdan soʻng, oʻz fikrlarini bildirar ekan, terma jamoasini Madridning “Real” klubiga qiyosladi.

“Jahon chempionati oldidan yaxshi holatdamiz va bor kuchimizni beramiz. Natija qanday boʻlishini koʻramiz. “Real” har doim bizning asosiy namunamiz boʻlib qoladi. Koʻplab murabbiylar bilan ishlaganman, jumladan, xalqaro maydonda eng koʻp gʻalaba qozongan Karlo Anchelotti bilan ham. Kerakli natija boʻlmayotganda, oʻzingizga ishonchni saqlab, yana urinib koʻrishingiz kerak.

Siz 67-daqiqada televizorni oʻchirib qoʻyib (bu vaqtda Germaniya 2:0 hisobida oldinda edi), Jahon chempionati oldidan eyforiya bilan uxlashingiz mumkin edi, albatta. Lekin, uxlaganingizda shunday voqealarni o'tkazib yuborardingiz. Raqiblarimiz o'yinga qaytdi, biz ham oʻtkazib yuborilgan 3 ta goldan keyin qaytdik. Psixologiya nuqtayi nazaridan qarasangiz, vaziyat shunday: 2:0 hisobida oldindasiz, ustunlikni qoʻldan boy beryapsiz, lekin baribir “Uembli”da turib ham hisobni 3:3 qildingiz. Jahon chempionatini intizorlik bilan kutamiz”, — deydi Myuller.

Avvalroq, Germaniya terma jamoasi a’zolarining Jahon chempionati uchun belgilangan mukofot pullari ma’lum qilingani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11214 | Инструменты