“O‘zavtosanoat” Vazirlar Mahkamasining o‘qituvchilarga imtiyozli avtokredit ajratish topshirig‘ini rad etgani to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Vazirlar Mahkamasining o‘qituvchilar uchun avtomobillarni tijorat banklari orqali 60 oy muddatga va 30 foiz dastlabki to‘lov bilan imtiyozli shartlar asosida xarid qilish bo‘yicha topshirig‘ini rad etgani haqida xabarlar keng tarqalgan.
Kompaniya tijorat banklari tomonidan hukumat topshirig‘i ijrosi doirasida beriladigan imtiyozli avtokreditlar orqali avtomobillarni sotishga tayyorligini bildirdi.
“Banklarda jismoniy shaxslarning xaridlarini moliyalashtirish uchun kreditdan boshqa mexanizm mavjud emas. Bundan tashqari, xatning asl nusxasida avtomobil xarid qilish uchun Asakabank, Aloqa Bank, Ipak Yo‘li Banki, InfinBANK, Biznesni Rivojlantirish Banki, Asia Allince Bank va Tenge Bank orqali turli mexanizmlar, jumladan, imtiyozli shartlarda joriy etilgan”, — deyiladi xabarda.
“O‘zavtosanoat” ijtimoiy tarmoqdagi guruh adminstratorlaridan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘radi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11215 | Инструменты