“Yordam bering, o‘zimiz uddalay olmayapmiz”, — deydi u
Futbolchi Volkan Demirel Turkiyadagi zilzila munosabati bilan murojaat yoʻlladi.
Kecha, 6-fevral kuni ertalab mamlakat janubidagi Qahramanmarash viloyatida 7,4 magnitudali zilzila roʻy berdi, shundan soʻng 40 dan ortiq yer silkinishlari qayd etildi. Natijada 1800 dan ortiq odam halok boʻldi, 15 mingdan ortiq kishi jarohat oldi.
“Hatayda odamlar halok boʻlmoqda. Iltimos, tez yordam yuboring. Bu yerda hammasi juda yomon. Yordam bering, biz odamlar bilan bogʻlana olmayapmiz.
Oʻzimiz uddalay olmaymiz. Hammani bu yerga chaqiraman, iloji boricha koʻproq odam yuborishingizni xohlayman. Bunday holat nafaqat Hatayda, balki unga tutash viloyatlarda ham kuzatildi. Alloh roziligi uchun yordam bering”, — deydi Turkiya terma jamoasining sobiq darvozaboni.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60507 | Инструменты