UZREPORT Angliya Premyer-ligasi yangi mavsumining eksklyuziv translyatsiya huquqini xarid qildi
UZREPORT axborot agentligi (UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari) Angliya Premyer-ligasi uchrashuvlarini yangi 2020/21 yilgi mavsum uchun O'zbekiston hududida eksklyuziv translyatsiya qilish huquqini qo'lga kiritganini e'lon qiladi.
Bundan avvalroq Ispaniya chempionati yangi mavsumidan o'rin olgan uchrashuvlarni translyatsiya qilishning eksklyuziv huquqlari qo'lga kiritilgani haqida ma'lum qilgandik.
Bugun 12 sentyabrdan La liga bahslari bilan bir qatorda APL uchrashuvlari ham start oladi. Garchi pandemiya sharoitida o'yinlar muxlislarsiz o'tkazilayotgan bo'lsa ham, bu holat uchrashuvlarning shiddatli va murosasiz o'tishiga halaqit qilmayapti.
Bugun muxlislar e'tiboriga APLdan o'rin olgan ikkita uchrashuv havola qilinadi. Bir ozdan so‘ng soat 16:30da "Fulxem" - "Arsenal" hamda kechqurun soat 21:30da "Liverpul" - "Lids" o'yinlari FUTBOL TV telekanalida jonli efirda namoyish qilinadi.
Sevimli jamoangizni birgalikda qo'llab-quvvatlang!
Syurprizlar mavsumi davom etadi!
Alpha version: 0.9.1.19 build 60808 | Инструменты