Huawei 1
Vinisius Junior "Oltin to‘p"ni qo‘lga kirita olmaganidan so‘ng ilk fikrini yozib qoldirdi

"Real Madrid" futbolchisi Vinisius Junior "Oltin to‘p"ni qo‘lga kirita olmaganidan so‘ng ilk fikrini yozib qoldirdi.

"Agar qilish kerak bo‘lsa, men yana 10 marta shunday mavsum o‘tkazishga harakat qilaman. Ular esa tayyor emas", — deb yozib qoldirgan Vini.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq braziliyalik futbolchi "Oltin to‘p"ni olishi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq marosimga bir necha soat qolganda bu yil "Oltin to‘p"ni Rodri olishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi va yakunda aynan ispaniyalik futbolchi ushbu sovringa ega chiqdi.

O‘tgan mavsum, Vini "Real Madrid" bilan ECHL, La Liga, Yevropa superkubogi, Ispaniya superkubogida zafar quchgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10302 | Инструменты