“Xorvatlarni hech qachon kamsitmang!”, — Xorvatiya murabbiyi Yaponiya haqida
Futbol bo‘yicha Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich Jahon chempionati nimchorak finalidan oʻrin olgan Yaponiyaga qarshi oʻyindan soʻng (1:1, penaltilarda 3:1) oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Yigitlarni tabriklayman — tarixiy natija. Yaxshi oʻynadik va qattiq kurashdik.
Dunyoning kuchli eng 8 jamoasi orasiga kirish — ajoyib natija. Birinchi yarim soat davomida vaziyatni nazorat qildik, keyin oʻzimizga muammo yaratdik.
Yaponlar bizni past baholashdi va bu ularning xatosi edi. Ular bizga qarshi oson boʻladi, deb oʻylashdi. Xorvatlarni hech qachon kamsitmang. Tanaffus oldidan toʻp oʻtkazib yubordik, bunaqasi uzoq vaqtdan beri sodir boʻlmagandi. Ammo futbolchilar Germaniya va Ispaniyani magʻlub etgan jamoaga qarshi ajoyib oʻyin oʻtkazishdi va hisobni tenglashtirishdi”, — deydi Dalich.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11212 | Инструменты