Yevropaning 2022-yildagi eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi yosh futbolchisi nomi e’lon qilindi
IFFHS Yevropaning 2022-yildagi eng yaxshi futbolchisini aniqladi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.
Unga ko‘ra, Parijning PSJ klubi hamda Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe qitʼada yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi. Shuningdek, xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi Kilianni UEFA ramziy terma jamoasiga kiritdi.
Dortmundning “Borussiya” klubi va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem esa Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisi (20 yoshgacha) deb eʼtirof etildi. U, shuningdek, yilning eng yaxshi yosh futbolchilari ramziy jamoasidan ham oʻrin oldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60506 | Инструменты