Huawei 1
Yilning eng chiroyli goli uchun beriluvchi “Pushkash sovrini” uchun da’vogar top-10 gollar e’lon qilindi

FIFA yilning eng chiroyli goliga taqdim etiladigan “Pushkash sovrini”ga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatga odatdagidek o‘nta gol kiritilgan bo‘lib, undan erkaklar va ayollar futboli, shuningdek, amputantlar o‘rtasidagi futbol o‘yinlari kiritilgan eng chiroyli gollar o‘rin olgan.

Nomzodlar bilan tanishing:

Mario Balotelli (“Adana Demirspor” / “Syon”),Dimitri Payet (“Marsel”), Teo Ernandes (“Milan”), Alu Kyuol (Avstraliya U-23), Amandin Anri (“Lion” ayollar jamoasi), Kilian Mbappe (Fransiya, “PSJ”), Fransisko Gonsales (“Sentral Kordoba”), Marchin Oleksi (“Varta”), Salma Paralluelo (“Vilyarreal” ayollar jamoasi), Risharlison (Braziliya, “Tottenhem”), Alessiya Russo (Angliya ayollar terma jamoasi).

Nomzodlarni saralashda 2021-yilning 8-avgustidan 2022-yilning 18-dekabriga qadar bo‘lgan muddatda urilgan gollar inobatga olingan. Ferens Pushkash nomidagi sovrin 27-fevral kuni o‘tkaziladigan "The Best" marosimida topshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20810 | Инструменты