Huawei 1
“Yuventus” a'zosi tizzasidan olgan jiddiy jarohati tufayli 2 oyga safdan chiqdi

Italiyaning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Pol Pogba o‘ng tizzasidan olgan jarohati tufayli mavsum startini o‘tkazib yuboradigan bo'ldi.

“La Gazzetta dello Sport” nashrining xabariga ko‘ra, fransiyalik futbolchi tizza meniskini shikastlab olgan va jarrohlik stoliga yotishi mumkin. Bunday holda tiklanish jarayoni ikki oy davom etadi. Shu tariqa Pogba sentabr oxiri yoki oktabr oyi boshiga qadar maydonga qayta olmaydi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted”ni erkin agent sifatida tark etgan Pogba ortda qolgan mavsum APLda 20 ta o‘yinda ishtirok etib, 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112610 | Инструменты