Unda fermer va tadbirkorlarga yangi sug‘urta turlari xamda uni tuzish jarayonlari borasida batafsil malumot berildi.
Ma’lumki, sug‘urta mexanizmi orqali turli ko‘rinishdagi tabiiy ofatlardan ko‘riladigan zararlarni qoplash kafolati ta’minlanadi. Dunyo amaliyotida ham ayniqsa hosil sug‘urtasiga qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari turli qaltisliklardan himoya qiluvchi kafolat sifatida qarashadi. Bunday xolatlarda eng muximi ushbu xo‘jalik raxbarlarining sug‘urta turlaridan to‘liq xabardorligidir. Aynan shu maqsadda “O‘zagrosug‘urta” AJ Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida axoli bilan uchrashuv tashkil etdi. Unda fermer va tadbirkorlarga yangi sug‘urta turlari xamda uni tuzish jarayonlari borasida batafsil malumot berildi.
Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tdi. Jamiyatining asosiy mijozlari bu, fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma vakillari shuningdek tadbirkorlar hisoblanadi. Shu sababdan xam mutaxassislar yig‘ilganlarga sug‘urtaning axamiyati va uning turlari borasida batafsil malumot berishdi. Qayd etish joiz bugungi kunda “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan axoliga 100 dan ortiq sug‘urta turlari bo‘yicha sifatli xizmat ko‘rsatilmoqda. Ularning 40 dan ziyodi esa qishloq xo‘jaligi sug‘urtasiga to‘g‘ri keladi. Xususan paxta, g‘alla, qishloq xo‘jaligi hayvonlari, moyli ekinlar xamda bog‘ va uzumzorlar xosilini sug‘urta qilish shular jumlasidandir. Agrar ishlab chiqarishda bozor munosabatlarini joriy etish, dunyoning ilg‘or tajribalarini qo‘llash soxa taraqqiyotining garovidir. Takidlanganidek 2015 -2020 yillarda Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini rivojlantirishda asosiy etibor intensiv bog‘larni sug‘urtalash, tumanlarda yangi tashkil etilayotgan klasterlarga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish masalalariga qaratiladi. Tadbirda jamiyat strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarga xam to‘xtalib o‘tildi. Uchrashuv so‘ngida fermerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Jamiyat tomonidan axolining sug‘urta savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirlar tizimli davom ettiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71214 | Инструменты