Huawei 1
2023-yilgi Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi

2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi Prezident farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Davlat dasturi loyihasi jami 309 ta banddan iborat:

1-yo‘nalish — 22 ta band;

2-yo‘nalish — 18 ta band;

3-yo‘nalish — 113 ta band;

4-yo‘nalish — 82 ta band;

5-yo‘nalish — 21 ta band;

6-yo‘nalish —  30 ta band;

7-yo‘nalish —  23 ta band.

Hujjatga ko‘ra:

- 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi;

- 2023-yil 1-apreldan boshlab 27 ta professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining oylik maoshlari 20 foizga oshirilib, o‘rtacha 3 mln so‘mga teng bo‘ladi;

- 2023-yil 1-iyundan boshlab respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushiriladi;

- tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish va javobgarligini liberallashtirish maqsadida 2023-yil 1-martdan boshlab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga bir yillik moratoriy o‘rnatiladi;

- 2023-yilda 53 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlari va 161 ta boshqa massivlarda, jumladan, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan yangi uy-joylar qurishning yillik hajmlari 2 barobarga oshirilib, 90 mingga yetkaziladi;

- 26 ming nafar fuqaroga bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari, shuningdek, 11 ming nafar fuqarolarga boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar ajratish uchun Davlat budjetidan yetarli mablag‘lar yo‘naltiriladi;

- 2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 8 trln so‘m, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun 4 trln so‘m yo‘naltiriladi;

- 2023-yil 1-iyuldan boshlab, “Mahalla budjeti” tizimini barcha tumanlar va shaharlarda joriy etish orqali mahallalarga o‘z muammosini mustaqil hal etish hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun 800 mlrd so‘mgacha mablag‘ yo‘naltiriladi;

- quvvati 20 kVt va undan past bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarini past (0,23-0,4 kV) kuchlanishli elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shart olish talab etilmasligi belgilanmoqda;

- 2023-yil 1-sentabrdan boshlab budjet tashkilotlariga quyosh paneli va issiq suv kollektorini o‘rnatish majburiyati yuklatiladi hamda 2026-yilga qadar ularning binolari energiya iste’molining 60 foizi “yashil energiya”ga bosqichma-bosqich o‘tkaziladi.

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi barcha fuqarolardan 2023-yilgi Davlat dasturi loyihasining muhokamasida faol ishtirok etib, mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan takliflarni Markazning maxsus 2023.strategy.uz hamda davlatdasturi.uz portallari yoki ijtimoiy tarmoqlardagi @dscuzbekistan va @YangiTaraqqiyotStrategiyasi telegramm kanallari orqali bildirishlarini so‘rab qoladi.

Muhokamalar 2023-yilning 6-fevralidan 17-fevraligacha davom etadi.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60507 | Инструменты