2024-yil 2-fevral kuni O'zbekiston Adliya vaziri Akbar Tashkulov bilan BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Ashita Mittal xonim o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi giyohvand moddalarni suiiste’mol qilish va savdosini kamaytirish, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish, terrorizmning oldini olish hamda sud-ekspertiza sohasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Tashkilot doimiy ravishda giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va terrorizmga qarshi kurashishda Markaziy Osiyo mamlakatlariga ko‘mak beradi.
Uchrashuvda Adliya vazirligi hamda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilindi.
Uchrashuv boshida adliya vaziri Akbar Toshqulov mehmonlarni qutlab vazirlik hamda tashkilot o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilganligini hamda ular jadal suratlar bilan rivojlanib borayotganligini aytdi.
A.Mittal tashkil qilingan uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda Adliya vazirligining o‘rni muhim ekanligini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida tomonlar korrupsiyaga qarshi kurashish va aktivlarni qaytarish tizimini mustahkamlash, kiberxavfsizlik va shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish, jinoiy sudlov va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha qonunchilikni hamda sud ekspertiza sohasida xizmalarni takomillashtirish maqsadida o‘zaro amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlik dasturini imzolashga kelishib oldilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122305 | Инструменты