Huawei 1
Afg'oniston Amudaryo bo‘yida katta kanal qurmoqda: Turkmaniston va O‘zbekiston bundan xavotirda

"Tolibon” hukumati Amudaryoning Balx qismida Qo‘shtepa kanalini qurmoqda, kanal suvining Afg‘oniston shimolidagi hududlarga yo‘naltirilishi Turkmaniston va O‘zbekistonnning ayrim viloyatlarida suv taqchilligiga olib kelishi mumkinligi aytilmoqda

Qayd etilishicha, Qo‘shtepa Amudaryo bo‘yidagi ulkan kanal binosi bo‘lib, suvni tortib olish va mamlakatlarga ta’sir etishi mumkinligi sababli O‘zbekiston va Turkmanistonni xavotirga solmoqda.

Loyiha o‘tgan yili ochilgan bo'lib, Balx viloyatidagi Amu daryosidan boshlab, Jauzjondan o‘tib, Faryobda tugaydigan 285 km masofani bosib o‘tgan.

Loyiha uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqich 108 kilometrni tashkil etadi va kelgusi yil davomida amalga oshirilishi kutilmoqda. 177 kilometrni tashkil etuvchi ikkinchi va uchinchi bosqich besh yil ichida yakunlanishi kutilmoqda.

Mutasaddilarning maʼlumotlariga koʻra, sugʻorish tizimi 550 ming gektar suv havzasiga ega. Kanalning oʻtkazish quvvati soniyasiga 650 kub metr boʻlib, mamlakatning uchta viloyati, Balx, Jauzjon va Faryobni qamrab oladi. Ular orasida oxirgi ikki viloyat Turkmaniston bilan chegaradosh.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Tojikistonda sodir bo'layotgan zilzilalar ta'sirida Sarez ko‘li yorilib, tabiiy ofatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Mutaxassislar bu ma'lumotlarni rad etgan edi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51118 | Инструменты