Huawei 1
Anvar Oripov Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Anvar Oripov Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U 1985-yil Termiz shahrida tug‘ilgan. 2007-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, shuningdek, 2007-2010-yillarda Buyuk Britaniyaning London shahri Pimliko Akademiyasi ingliz tili kurslari tinglovchisi. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

A.Oripov mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi bosh mutaxassisi, Surxondaryo viloyati Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo boshqarmasi boshlig‘i, “O‘zagroeksport” AJ boshqarma boshlig‘i, Vazirlar Mahkamasida shoʻba yetakchi mutaxassisi lavozimlarida mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2018-yildan buyon Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavoizimida faoliyat yuritayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12718 | Инструменты