Huawei 1
Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik Boshqaruv kengashi O'zbekistonning 5 ta milliy loyihasini tasdiqladi

Venada Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik (AEXA) Boshqaruvchilar kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Sessiya kun tartibidan AEXAning texnik hamkorlik sohasidagi faoliyatini ko'rib chiqish va 2024-2025-yillarga mo'ljallangan yangi texnik hamkorlik dasturini tasdiqlash masalalari o'rin oldi.

AEXA Boshqaruvchilar kengashi texnik hamkorlik dasturini tasdiqladi, unga ko'ra, O'zbekistonning beshta yangi milliy loyihasi yangi siklda amalga oshiriladi. Ulardan uchta loyiha yaratilayotgan atom sanoati infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha milliy salohiyatni oshirish («O'zatom» agentligi), atom energetikasini samarali tartibga solish va nazorat qilish bo'yicha me'yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash («O'zsanoatkontexnazorat»), shuningdek, yadroviy xavfsizlik, O'zbekiston tadqiqot yadro reaktorining foydalanish ko'rsatkichlarini oshirish va samarali foydalanishga (Fanlar akademiyasi) qaratilgan.

To'rtinchi loyiha Suv resurslari va barqaror izotoplardan foydalangan holda ifloslanish manbalarini monitoring qilish uchun barqaror izotop laboratoriyasini tashkil etishni nazarda tutadi. Loyiha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

«Saratonni davolashda radiatsiyaviy tibbiyotni kengaytirish va mustahkamlash» deb nomlangan beshinchi loyiha O'zbekistonda ilg'or va yuqori sifatli nur terapiyasi, diagnostik radiologiya va boshqa yadro tibbiyoti texnologiyalarini joriy etish orqali saraton kasalligidan o'lim darajasini kamaytirishni nazarda tutadi. Loyiha tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, saratonning turli turlarini tashxislash va davolash bo'yicha milliy tavsiyalarni ishlab chiqish, tibbiyot xodimlarini keng qamrovli tayyorlashni nazarda tutadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122500 | Инструменты