Huawei 1
BAAning Federal milliy kengashi Raisi Saqr G‘obash 2024-yilda O‘zbekistonga tashrif buyuradi

BAAda amaliy tashrif doirasida Tanzila Narbayeva ushbu mamlakatning Federal milliy kengashi Raisi Saqr G‘obash bilan uchrashdi. 

"Ikki davlat munosabatlarining keng doirasi, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini bartaraf etish kabi masalalarga e’tibor qaratdik.

Keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida iqtisodiy yo‘nalishdagi hamkorlik kengayib, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi muttasil o‘sib bormoqda. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan BAA sarmoyalari ishtirokidagi korxonalar soni 5 yilda 2,5 barobarga oshdi.

Investitsiya loyihalari portfeli kengayib, “Yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, turizm infratuzilmasi kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan.

Munosabatlarimizning bugungi sur’atidan kelib chiqib, parlamentlararo aloqalarni kuchaytirish, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni huquqiy jihatdan ta’minlash va parlament nazorati doirasida ularning ijrosini ta’minlashga ko‘maklashish yuzasidan fikr almashdik.

Saqr G‘obash janoblari yurtimizda yetishib chiqqan buyuk allomalar merosiga qiziqishi katta ekanligini, kelasi yili O‘zbekistonga tashrif buyurishini ma’lum qildi. Ushbu tashrif doirasida hamkorlikka oid tegishli hujjatlarni imzolashga kelishib oldik", - deya yozgan Tanzila Narbayeva. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122310 | Инструменты